×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 27 Sentyabr 2023 10:10

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi

Joriy yilninig 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati, Yoshlar ishlari boshqarmasi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.

Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad, talabalar o‘rtasida volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bag‘rikenglik hamda hamjihatlilikni qo‘llab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, volontyorlik orqali kam ta’minlanganlarga, ko‘p bolali oilalarga, boshpanasizlarga yordam ko‘rsatish, bemorlarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, qariyalarni parvarishlash, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni tashkil etishga ko‘maklashish hamda xayriya ishlari amalga oshiriladi.

O'qilgan 794 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1872{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar