×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 28 Sentyabr 2023 09:42

Universitetimizda “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi

27 sentyabr - Butunjahon turizm kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygoh xotin-qizlar kengashi tomonidan                 “Milliy liboslar kuni” tashkil etildi.

Erta tongdan barcha talaba-qizlar, ustozlar faxr bilan milliy matolarimizdan tikilgan zamonaviy uslubdagi go‘zal bejirim liboslarda universitetga tashrif buyurdilar. Oʻzgacha bayramona kayfiyat, yorqin ranglar va milliy musiqalar uygʻunligi barchaning kayfiyatiga oʻzgacha koʻtarinkilik baxsh etdi.

          Hatto xorijlik mehmonlar ham bu ajoyib milliy liboslar kuni aksiyasida  o‘zbek milliy liboslarini kiyishdi. An'analarimizdan hayratga tushgan xorijliklarning fikrlarini tinglab, o‘zbekligingizdan iftixor tuyasiz. Bir so‘z bilan aytganda milliy liboslarimiz xorijliklarni ham lol qoldirdi.

Milliy qadriyatlarni ulug‘lashga qaratilgan ushbu tadbirda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimalari va talabalari kun davomida “Butunjahon turizm kuni” hamda “Milliy liboslar kuni” tadbirlarini yuqori kayfiyatda o‘tkazishdi.

O'qilgan 901 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Foto

{gallery}1873{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar