Juma, 29 Sentyabr 2023 11:12

1-oktabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bir guruh soha fidoiylar taqdirlanishdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Zakirova Dilnoza Sharifovna ham bor.

Universitetimiz jamoasi ham Zakirova Dilnoza Sharifovnani ushbu muvaffaqiyat bilan chin yurakdan qutlab, u kishining kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaydi. 

O'qilgan 793 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar