Juma, 29 Sentyabr 2023 16:00

Sening tashabbusing - sening kelajagigng uchun “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari a’zolari kelgusidagi ish rejalarini kelishib olishdi

Joriy yilning 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan kengash qoshidagi “Qizlarjon” klubi va “Lider  qizlar” klublari faollarining birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

         Yig‘ilishda “Qizlarjon” klubining rahbari “Turizm  menejmenti” fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova tomonidan klub nizomi va ushbu o‘quv  yilida amalga oshiriladigan ishlar rejasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Shuningdek, klubda tashkil etilgan hamda rejalashtirilgan to‘garaklar haqida to‘liq ma’lumotlar berilib, ushbu to‘garaklarga talaba-qizlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda klub sardori tomonidan yangi loyihalar va startaplar uchun innovatsion g‘oyalar taqdimotini tashkil etish bo‘yicha e‘lon berildi.

Davra suhbati o‘zaro fikr-mulohazalarga boy bo‘lish birga, keyingi rejalarni, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish haqida suhbatlashishdi. Ishtirokchilarga sovg‘alar taqdim etildi. Uchrashuv yakunida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

O'qilgan 827 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar