Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 26-iyuldagi 56-son bayoni va 7-sentabrdagi 160-son bayoni ijrosini ta’minlash hamda universitetimizda tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida 2023-yil sentabr oyida universitetimizda tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlari oʻrtasida “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” mavzusida respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Ko‘rik-tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirokchilar o‘zi haqida 3-5 daqiqalik tanishtiruv videolavhasi tayyorlash va O‘zbekiston tarixi, madaniyati, o‘zbek xalqi qadriyatlari, ijtimoiy hayotiga oid mavzularda esse yozish shartlari bo‘yicha bellashishdi.
Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, universitetning Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura bosqichi magistranti Farishta Qayumiy tanlovning mutlaq g‘olibi deb topildi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.