×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 03 Oktyabr 2023 17:50

Universitetimizga Turkiyadagi Istanbul Turkistonliklar jamiyati a’zolari tashrif buyurishdi

Joriy yilning 3-oktabr kuni Istanbuldagi Turkistonliklar jamiyati a’zolaridan iborat 40 nafardan ortiq sayohatchilar guruhi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov kutib oldi va ularni bugungi kunda oliygohdagi talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonlari, turli adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxona, Turk Dunyosiga oid liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishtirdi.

Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda.

Turkiyada bugungi kunda zamonaning zayli bilan Anadoluga borib qolgan o‘zbeklarning bir million nafarga yaqin avlodlari yashaydilar. Bu insonlar o‘zlarining ota yurtini, bu yerlardagi qadimiy va go‘zal madaniyatini, ona tilini unutmaganlar.

“Ota yurt O‘zbekistonga tashrif buyurgan Istanbul Turkistonliklar jamiyati a’zolari ichida olimlar, san’atkorlar, muhandislar va vrachlar bor. Ular “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qilgan tashriflaridan juda mamnunlar. Bu oliy ta’lim dargohida ta’lim jarayonlari, ta’limiy infrastruktura va muhtasham san’at asarlari galeriyasi bizni mamnun etdi. Ota yurtimizda shunday dunyo standartlari darajasidagi To‘rizm universiteti mavjudligidan behad xursandmiz”, dedi Istanbul Turkistonliklar jamiyati raisi Akbar Yassaviy.

Istanbuldagi Turkistonliklardan iborat turistlar guruhining o‘lkamiz bo‘ylab sayohati davom etmoqda.

O'qilgan 882 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1886{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar