“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov boshchiligidagi universitet vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi 135-sonli qarori ijrosi doirasida Buxoro davlat universitetida 7-8 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi”da ishtirok etishdi.
Forum davomida mehmonlar Buxoro davlat universitetida professor-o`qituvchilari hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va oliygohda olib borilayotgan yangiliklar bilan tanishishdi.
Shuningdek tadbir ishtirokchilari talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar ularlarning bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish uchun tashkil etilgan "Besh tashabbus" xonalari, “Zakovat” burchagi, "My office" kovorking markazini ko`zdan kechirishdi. Mehmonlar universitetning 500 ming adabiyot sig‘imiga ega Axborot resurs markaziga tashrif buyurib, o`quv zallari, har-bir foydalanuvchiga istalgan axborot resursdan foydalanish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi. "Biznes Akselerator" hamda uning tarkibidagi Robotexnika markazi faoliyatini o`rganish bilan birga, Buxoro Davlat universitetdagi Uniwork tizimi haqida ma'lumotlarga ega bo`lishdi.
Forumning so’ngi kunida Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan “BUKHARA DESERT OASIS & SPA” turizm klasteriga tashrif buyurib, klasterda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Forum yakunida bildirilgan takliflar asosida rezolyutsiya qabul qilinishiga kelishib olindi.