Ma’lumki, bugun mamlakatimizda beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish, aholining keng qatlamlarini bepul donorlikka jalb etish, bemorlarni xavfsiz qon komponentlari bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois, 2023-yilning 5-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba-yoshlari uchun, “Ezgulik albatta qaytadi” yoki Beg‘araz donor bo‘ling! –shiori ostida mamlakatimiz yoshlari orasida beg‘araz donorlik harakatini ommalashtirish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Samarqand Qon qo‘yish markazi sayyor guruh bo‘lim mudiri Jabborova Aziza Mansurovna, Biologik nazorat bo‘limi mudiri Qosimova Zarina Sobirovnalar tomonidan yoshlarimiga qon topshirish nima uchun kerakligi, qon topshirish jarayoni, qon topshirish muolajalari va beg‘araz donorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti barcha professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarni donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Mehr ulash” kabi xayriya aksiyalarida faol ishtirok etishga va beg‘araz donor bo‘lishga hamda yordamga muhtoj bemorlarga ko‘mak berishga chaqiradi.