2011-yil 19-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 66/170-sonli qarorni qabul qilib, 11-oktabrni xalqaro qizlar kuni deb e’lon qildi va ularning huquqlarini tan oldi. 2023-yilda biz xalqaro qizlar kuni tashkil etilganligining 12 yilligini nishonlaymiz.
Bugun erta tongdan boshlab “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliygoh хotin-qizlar kengashi raisi M.Abbosova hamda universitet Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
“So‘nggi 12 yil ichida qizlar uchun muhim bo‘lgan masalalarga barcha darajalarda katta e’tibor berila boshlandi. Xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini rag‘batlantirish barqaror rivojlanishni tezlashtirish uchun juda muhimdir”, – deydi oliygohimiz Birinchi prorektori J.Eltazarov.
Tadbir davomida talabalarga, shuningdek ushbu tadbirni tashkil etishda yordam bergan talabalarga sertifikatlar topshirildi.