×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 13 Oktyabr 2023 17:48

Xitoylik professor universitetimiz talabalari uchun tarixda Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati xususida  ma’ruza qildi

Joriy yilning 12- oktabr kuni Xitoyning Shimoli-G‘arbiy universiteti Madaniy meros fakulteti dekani, professor Ma Jian universitetimiz talabalari uchun “Vohadan yaylovgacha: Sharqiy Tyanshan tog‘larining dastlabki rivojlanishi va o‘zaro madaniy ta’sir” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida Buyuk Ipak yo‘li tarixida Sharqiy Tyanshan hududing ahamiyati, voha va yaylov hududlarida olib borilgan arxeologik ilmiy ekspeditsiyalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, Xitoy-O‘zbekiston arxeologlari hamkorligida Surxondaryo viloyatida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruza oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

O'qilgan 774 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1912{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar