Juma, 13 Oktyabr 2023 18:06

Universitetning eng qimmatli xazinasi

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazida elektron avtomatlashtirilgan va masofadan foydalanish imkoniyatini beruvchi https://unilibrary.uz/ platformasi mavjud. Ushbu platforma kutubxonaning kirish qismi (reception)da stol shaklidagi planshetga joylashtirilgan.

Ushbu dasturga 186974 dona adabiyotlar, 26078 dona maqolalar, 8252 dona monografiyalar, 20896 dona dissertatsiyalar kiritilgan. Ushbu adabiyotlarni masofadan turib o‘qish, mustaqil ta’lim olish imkoniyatni yaratadi. Bundan tashqari kutubxonaning kirish qismida kutubxonadagi barcha adabiyotlarni masofadan turib izlab topish va bu kitoblarni zaxiraga olib qo‘yish uchun alohida QR kodli izlash tizimi yaratilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazi fondida 13522 nomli  25371 dona kitob shaklida adabiyotlar mavjud. Shundan  o‘zbek tilida 4801 dona, rus tilida 3680 dona, ingliz tilida 10749 dona hamda boshqa tillarda 5141 dona adabiyotlar mavjud. Shundan: shakllar kesimida bosma-25371 dona, elektron-911 dona, brayl yozuvida-17 dona, audio-58 dona, fondlar kesimida o‘quv adabiyotlar-1039 dona, ilmiy adabiyotlar-1814 dona, badiiy adabiyotlar-1793 dona, xorijiy adabiyotlar-19354 dona, va boshqa adabiyotlar-371 donani tashkil etadi.

Kutubxonada talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun hamma shart-sharoitlar mavjud. Kutubxonada 1 ta elektron xona boʻlib, unda 14 ta yangi (hp) rusumli  kompyuter bor. Bundan tashqari 2 ta oʻquv zal va brainstorming xonasi mavjud. Birinchi oʻquv zalda 18 ta yumshoq yostiqchalar (pufiklar) bor. Ikkinchi  oʻquv zalida 21 ta oʻrindiqlar bolib, talabalar kitob oʻqish hamda oʻquv adabiyotlardan foydalangan holda dars tayyorlash imkoniyatiga ega. Brainstorming xonasida professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻzlari xohlagan mavzuda muhokamalar oʻtkazadilar. Ayni damda kutubxonada Atriuum Book Systems (AQSH) platformasidan foydalanilib kelinmoqda. Ushbu platforma yordamida talabalar va professor-oʻqituchilar oʻzlariga kerakli adabiyotlarni izlab topish hamda zaxiraga olib, Axborot-resurs markaziga kelib ijaraga olishlari mumkin. Kutubxonaning hamma xonalari sovutgich (konditsioner) moslamalari bilan jihozlangan va har bir xona oʻziga xos chiroyli shaklda bezatilgan.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti axborot-resurs markazida mahalliy va xalqaro axborot va ma’lumotlar bazasidan EBSCOhost  http://search.ebscohost.com , Atriuum Book Systems https://univsilkroaduz.booksys.net , Proquest https://www.proquest.com/ , Unilibrary.uz https://unilibrary.uz , Springer https://link.springer.com) hozirgi kunda foydalanib kelinmoqda.

O'qilgan 1017 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar