×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 20 Oktyabr 2023 12:55

BMT Jahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi doirasida “Ta’lim bo‘yicha Global Forum” o‘tkazildi

Samarqand shahrida BMT Jahon turizm tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi doirasida “Ta’lim bo‘yicha Global Forum: qurilish turizmining asosi” xalqaro ta’lim forumi o‘tkazildi.  Unda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan, shu jumladan Ozarbayjon, Belarussiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Hindiston, Italiya, Eron, Ispaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Malayziya, Pokiston va boshqa davlatlardan 1200 dan ortiq xorijiy va mahalliy mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etishdi.

Jahon sayyohlik tashkilotining ushbu forumi ta’lim va turizmni rivojlantirish o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikka urg‘u beradi. Butun dunyo hamjamiyatiga ta’lim turizm sanoatining kelajagi uchun barqaror rivojlanish va inklyuziv o‘sish vositasi sifatida hal qiluvchi ahamiyatini yana bir bor eslatdi. Forumda O‘zbekiston respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova va UNWTO ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha UNWTO  ijrochi direktori Natalya Bayona xonim ma’ruza qildi. Ma’ruzalarda bugungi kunda turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashda ta’lim bilan turizm sohasining uzviyligini yo‘lga qo‘yish, bu borada davlatlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy, innovatsion yutuqlarni hayotga tadbiq qilish kabi dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xalqaro forum yakunida ko‘plab o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida bir qator memorandumlar imzolandi.  

O'qilgan 838 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1928{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar