×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 20 Oktyabr 2023 18:20

Xalqaro Turizm Akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda turizm sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Prezidentimizning sohani isloh qilish borasida olib borgan siyosati natijasida bugun sohada qator keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 20-oktabr kuni  Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish doirasida Xalqaro Turizm Akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda universitet rektori A.Abduxakimov va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili ishtirok etdi va sohada mutaxassislar tayyorlash uchun muhim sanalgan Xalqaro Turizm Akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisini ochib berdi va bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohatlarning soha rivoji uchun nechog‘lik muhim ekanligiga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga ushbu binolarda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishtirib o‘tildi.

Ahamiyatlisi, foydalanishga topshirilgan Xalqaro Turizm Akademiyasida talabalarning sohani chuqur o‘rganishlari uchun barcha xalqaro darajadagi sharoitlar muhayyo qilingan. Endilikda talaba yoshlar shu yerning o‘zida turizm sohasi uchun muhim bo‘lgan xizmat ko‘rsatishning barcha yo‘nalishlarida ta’lim olish bilan birga, amaliyot jarayonlari ham o‘tashadi. Bundan tashqari zamonaviy kutubxona, o‘quv xonalari talaba yoshlarning bilim olishlari uchun barpo qilindi.

Tadbir ishtirokchilari bu kabi yuqori darajada yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib O‘zbekistonda turizm sohasining yuksak darajada ravnaq topayotganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi. 

O'qilgan 1074 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}1931{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar