Dushanba, 30 Oktyabr 2023 11:48

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga ega bo‘lish har bir yosh qizning orzu, istagi

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga berilib kelinayapti.

Joriy yilning 27-oktabr kuni universitetimizning respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan fan olimpiadalari, tanlovlar, ko‘rgazmalar, konferensiyalar va boshqa nufuzli tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talaba-qizlarimizdan Fotima va Zuxra Baxromqulova, Muqaddas Sadinova, Sabina Mustafaqulova va Iroda Yakubayeva tanlovning Samarqand shahar hududiy saralash jarayonlarida faol ishtrok etishdi. Quvonarlisi, ulardan to‘rt nafari viloyat saralash bosqichiga yo‘llanma oldi.

Talaba-qizlarimizga kelgusi bosqichida omad tilab qolamiz.

O'qilgan 702 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar