Joriy yilning 9-iyulida oliygohimiz “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Bаymatovaning sa’yi-harakati bilan universitetimizga Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida tashkil qilingan “Ta’lim markazi” tomonidan 548 dona koreys tilidagi darsliklar tuhfa qilingan edi. Bugungi kunda ushbu noyob kitoblar oliygohimiz talaba-yoshlari uchun koreys tilini yanada chuquroq o‘rganishi uchun qulay manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu darsliklarning ingliz tilidagi nusxasining ham borligi koreys tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.