"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi va “Tillar” kafedrasi hamkorligida talaba-qizlar o'rtasida o‘tkazilgan "Men zo'ravonlikka qarshiman" mavzusidagi esselar tanlovi g‘oliblari aniqlandi va joriy yilning 30-oktabr kuni munosib taqdirlandi.
1-o'rin Media va kommunikatsiya yo‘nalishi-121 guruh talabasi M.Sadinova
I-darajali diplom va 1 500 000 so'm pul mukofoti
2-o'rinni “Turizm menejmenti” kafedrasi kabinet mudiri M.Nurillayeva II-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a
3-o'rinni Tour-220 guruh talabasi M.Abdurasulova III-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining voyaga yetmaganlar, xususan qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, liderlik xususiyatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada jadallashtirish va tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha” chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.