“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Sanjar Jumanazarov DAAD (German Academic exchange Service) loyihasinig “Sharqiy hamkorlik” dasturi doirasida doktoranturada grant asosida 2 oy muddatda Germaniyaning Konstanz amaliy fanlar universitetida o‘zining ilmiy tadqiqotlarini olib bordi. Tadqiqot davri mobaynida Sanjar Jumanazarov 6-oktabr kuni Konstanz amaliy fanlar universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada onlayn tarzda ishtirok etdi. Konferensiya davomida O‘zbekiston va Germaniya institutlari olimlari o‘rtasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashinildi hamda ikki davlat o‘rtasida turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bundan tashqari Konstanz amaliy fanlar universiteti professori Timmning darsiga mehmon o‘qituvchi sifatida taklif etilgan universitetimiz tadqiqotchisi o‘zining “O‘zbekistondagi mobillik” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Sanjar Jumanazarov o‘zining ma’ruzasi davomida xorijlik talabalarga O‘zbekistondagi transport va mobillik landshafti, uni rivojlantirishdagi muammolar, sohaga joriy qilingan innovatsiyalar va kelajak istiqbollari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Sanjar Jumanazarovning olib borayotgan tadqiqotlari kelgusida mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirishda ilmiy kadrlar salohiyatini yuksaltirishda samaralari natijalar berishiga ishonamiz! Yutuqlar bardavom bo‘lsin!