Joriy yilning 15-noyabr kuni “Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti” da “O‘zbekiston – bag‘rikenglik, hurmat, muloqot va turli madaniyatlar, sivilizatsiyalar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirgan yurtdir” mavzusida tadbir bo’lib o‘tdi. Tadbirda universitetimiz prorektori, prof. J.Hoffmann va universitetning iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. “Bag‘rikenglik haftaligi” ni o‘tkazish yuzasidan J.Hoffman so‘z olib, bugungi kunda O‘zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, xalqlar o‘rtasida samimiy do‘stlik rishtalarini bog‘lash borasida amaliy qadamlar tashlanganligi xususida gapirdi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bag‘rikenlik, millatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik rishtalarini mustahkamlash mamlakatimiz qonunlarida ham belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham dunyoning aksariyat davlatlaridan professor-o‘qituvchilar bilan birga, talaba-yoshlar ham ta’lim olishmoqda. Ularning yurtimizda emin-erkin faoliyat olib borishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan.
Shuningdek tadbirda bag‘rikenglik kuni mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ko‘pgina millatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatning o‘ziga xos ifodasi ekanligi xususida aytildi.