×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 20 Noyabr 2023 14:18

Universitetimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi

Kuz – qish mavsumi eshik qoqib kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavsizligini ta’minlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Ayni ushbu masalalarga aholining e’tiborini qaratish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” uyushqoqlik bilan o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 20-noyabr kuni Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umid Axrorov va boshqarma xodimlari bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari uchun “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Umid Axrorov yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari xususida gapirib, yong‘inlar va turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O'qilgan 659 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2009{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar