×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Seshanba, 21 Noyabr 2023 15:10

Kitob - ma’naviyat ko‘zgusi

Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri - yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 21 – noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti universitet tyutori G.Husainova tomonidan “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida birinchi bosqich talabalari uchun A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida tadbir o‘tkazildi. Talabalar o‘zbek, rus, ingliz tilida mashhur mualliflarning she’rlaridan o‘qib berishdi. Universitet talabalarining iqtidori va aktyorlik mahorati yoshlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Ishtirokchilarning har biri lirik asardagi his-tuyg‘u va kayfiyatni berishga harakat qilishdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlari so‘nggi yillarda o‘qilgan kitoblar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, aqliy hujum paytida talabalar “Book Lover” mavzusida so‘z va maqollarni uslubiy tahlil qildilar.

O'qilgan 713 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2010{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar