Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, muammolarini hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng-ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
2023-yilning 4-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Birinchi prorektori, professor J.Eltazarov boshchiligidagi universitet xodimlari ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, kasbga o‘rgatish, o‘qitish va ish bilan ta’minlash maqsadida Samarqand shahridagi “Qo‘shchinor” mahallasida yashovchi fuqaro Xodjayev Mumin Sodiqovich xonadonida bo‘lishdi.