2023-yil 12-dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi hamkorligida boshqa viloyatlardan kelib oliygohda tahsil olayotgan talaba-qizlarni, shu jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo‘lgan, homilador talaba-qizlarning qishki ta‘til paytida doimiy yashash manzillariga xavfsiz yetib olishlarini nazorat qilish, kunlik monitoringini olib borish bo’yicha tyutorlarga hamda tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berishdi.
Transport turlaridan tezyurar poezd, samolyot, avtobus hamda yengil avtomashinalar (taksilar)da o‘z manzillariga yetib olishlari uchun mas’ul markazlar bilan aloqa o‘rnatilib, bilet band (bron) qilishlari uchun yaqindan ko‘mak berilmoqda.