×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Payshanba, 28 Dekabr 2023 12:15

“Samarqandning jannat bog‘lari: Islom me’morchiligida ornamentlar xilma-xilligidagi birlik g‘oyasi” mavzuida ko‘rgazma tashkil qilindi

Joriy yilning 27  dekabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art Station san’at galeriyasida “Samarqandning jannat bog‘lari: Islom me’morchiligida ornamentlar xilma-xilligidagi birlik g‘oyasi” mavzuida ko‘rgazma tashkil qilindi. Tadbirda so‘z olganlar tadbir tashkilotchilari, soha mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar ushbu ko‘rgazmaning ahamiyati xususida gapirishdi.  

Ko‘rgazmada Samarqandning mavjud me’moriy yodgorliklaridan olingan ornament namunalari taqdim etilgan. Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduxakimov ko‘magida, Dona Qulmatova rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yosh tadqiqotchilari Shahrizoda Oromjonova, Albina Xoliyeva, Mirjalol Ochilov, Fotima va Zuhra Baxromqulovalarning izlanishlari natijasi hisoblanadi. Shuningdek “Turizm menejmenti” fakulteti dekani Ra’no Toshniyozova ilmiy rahbarligida Samarqand shahrining temuriylar davri me’moriy yodgorliklaridagi ornamentlar bo‘yicha tahliliy tadqiqot ishlari olib borilgan.

O'qilgan 761 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2104{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar