Yakshanba, 31 Dekabr 2023 12:40

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A.Abduxakimovning Yangi yil bayrami tabrigi

Hurmatli “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va aziz talabalar! Siz azizlarni kirib kelayotgan 2024-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-omonlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik va ilmiy faoliyatingizda yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolaman. 

Tan olib aytish kerakki, bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda Siz kabi professor-o‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda, kundan-kunga yuksalib borayotgan turizm sohasi uchun  har tomonlama bilimli va malakali mutaxassislarni tayyorlab berishda jonbozlik ko‘rsatmoqdasiz. Ma’lumki, o‘tayotgan 2023-yil Samarqand shahrida tashkil qilingan xalqaro darajadagi anjumanlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan birga, talabalarimizning faol ishtiroki va qatnashchilar tomonidan e’tirof etilganligi ham yoshlarimizning nechog‘lik bilimli va zukko ekanligidan dalolat beradi. O‘tayotgan yilda Turizm Akademiyasining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ham juda katta yangiliklardan biri bo‘ldi. Ushbu Turizm Akademiyasi talaba-yoshlar uchun nazariya bilan amaliyotning uyg‘un ravishda olib borishiga juda katta hissa qo‘shishi bilan ahamiyatli bo‘ladi. Bundan tashqari universitetimiz dunyoning ko‘plab davlatlaridagi nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Bu ham kelajakda akademik va talabalar almashinuvida, o‘zaro tajriba oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tayotgan 2023-yil universitetimiz jamoasining muvaffaqiyatlarining ko‘lami kengligi bilan eng yaxshi yillardan biri sifatida tarixga muhrlanib qoldi. Yangi yilda jamoa bilan birgalikda ulkan rejalarni amalga oshirib Prezidentimiz boshchiligidagi islohatlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz, degan umiddaman.

 Yana bir bor barchangizni Yangi 2024-yil bilan muborakbod etaman. Yangi yil jamoamiz uchun omadli, xayrli va barokatli bo‘lsin!

Hurmat bilan  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A.Abduxakimov

O'qilgan 674 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar