×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 05 Yanvar 2024 17:54

Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida universitetning 2024-yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlari belgilab olindi

Joriy yilning 5-yanvar kuni universitetning faollar zalida universitet jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitetning Birinchi prorektori J.Eltazarov olib bordi. Birinchi prorektor J.Eltazarov yig‘ilish ishtirokchilarini hisobot yilida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi bo‘yicha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini tashqi baholash xulosasi” bilan tanishtirdi.

Majlis kun tartibidagi masala bo‘yicha universitetning “Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limi boshlig‘i A.To‘xtamishov so‘zga chiqib, Tashqi baholash jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bayon qildi. Shundan so‘ng yig‘ilish jarayonida Tashqi baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Tanqidiy ruhda o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2023-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarining bajarilish holati ham tahlil qilindi. Tahlil natijasida hisobot yilida universitet jamoasi tomonidan erishilgan yutuqlar e’tirof etilishi bilan bir qatorda belgilangan ko‘rsatkichlar yetarli darajada bajarilmagan bandlar bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari ham tinglandi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Yig‘ilishda Konsepsiya doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 2024-yil uchun maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi. Shuningdek, yig‘ilishda universitet jamoasining 2024-yilda amalga oshiradigan ustivor vazifalari ham muhokama etilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni asosida oliy ta’lim bilan qamrovni yanada kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish hamda ta’lim muassasasining xalqaro jozibadorligini ta’minlash maqsadida universitetning mavjud ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha nazorat rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

O'qilgan 670 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2109{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar