Juma, 12 Yanvar 2024 11:51

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yigʻilishida berilgan topshiriqlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 28-dekabrdagi topshiriq xatiga muvofiq Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini koʻtarish va daxldorligini oshirish maqsadida joriy yilning 10-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi oʻqituvchilari Obidjon Nabiyev va Zohid Bektemirov Toyloq tumanidagi “Yastepa” mahallasi fuqarolari uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida ma’ruza qildi.

Targ‘ibot tadbirida tuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari, “Yastepa” MFY raisi, profilaktika inspektori, jome’ masjidi imom-xatibi hamda maktab direktori ishtirok etdi va Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Tadbir doirasida Nabiyev Obidjon tomonidan yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida viktorina tashkil etildi va gʻoliblarga kitoblar sovg‘a qilindi.

O'qilgan 273 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar