Joriy yilning 17-yanvar kuni Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi tomonidan universitetning 108-xonasida oliygohimiz tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovna 08.00.17 –“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Hududda ekoturizmni rivojlantirish orqali qo‘shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash uslubi (Omonqo‘ton hududi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan seminar tashkil etildi. Unda universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari ishtirok etdi. Seminarda Madina Xashimova tomonidan mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berilib Urgut tumanining Omonqo‘ton hududi ekoturizm uchun juda qulay maskan ekanligi va turistlarni jalb qilish orqali qo‘shimcha talab va taklif zanjiri sxemasini aniqlash mumkinligining ilmiy asoslari haqida tushunchalar berildi.