×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 19 Yanvar 2024 14:59

Universitetimiz dotsenti Nargiza Mansurovaning yangi o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi

         “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, dotsent Nargiza Mansurova tomonidan “Mehnat bozori” va “Mehnat bozori infratuzilmasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr qilindi.

         Hozirgi vaqtda dunyo bozori kon’yunkturasida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va globallashuv davrida xalqaro raqobat kuchaymoqda. Bu sharoitda, O‘zbekistonning iqtisodiyoti ham jiddiy va sifat jihatidan yangi o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Eskirgan iqtisodiy institutlar va vositalar zamonaviy, innovatsion va samarali boshqaruv usullari bilan almashtirilmoqda. Mamlakatni barqaror va tez sur’atlar bilan rivojlantirish maqsadida 2022-2026-yillar uchun O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiya asosan O‘zbekiston aholisining hayot sifati va darajasini yaxshilashga qaratilgan. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asosan ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligiga bog‘liq, bu esa har qanday davlatning asosiy boyligi hisoblanadi. Samarali mehnat nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili bo‘lib qolmay, balki odamlarning farovon hayot kechirishi va ehtiyojlarini qondirish funksiyasini ham bajaradi.

         Xususan, mehnat sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ-5140 sonli, 2023 yil 5 sentabrdagi “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № PQ-450 sonli Qarorlari hamda 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi № PF-82 sonli Farmoni hamda ish bilan bandlikni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ushbu nashr ilmiy-amaliy tomondan xizmat qiladi.

         Mazkur qo‘llanmalar iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlarining bakalavrlari, magistrlari, ilmiy xodimlari va professor - o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.

O'qilgan 425 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2137{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar