Joriy yilning 17-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari Farrux Mamadiyorov va Ma`mura Ismailova Toyloq tumanidagi “Eskijuma” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.
Targ‘ibot tadbirida mahalla faollari, mahalla yoshlar yetakchisi, mahalla hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, ustoz-murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi va Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir davomida faol bo‘lgan ishtirokchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.