O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlari to‘g‘risidagi F-79-sonli Farmoyishiga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 1-kurs talabalari 2024-yilning 22-yanvar kuni Kattaqurg‘on shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib, u yerdagi kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.