Joriy yilning 18-yanvar kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari Charos Maxmadiyeva va Akmalbek Davronov Toyloq tumanidagi “Nayman” va “Nurafshon” mahallalar fuqarolari bilan uchrashdi va “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targʻibot tadbirida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi.
Targ‘ibot tadbirida tuman va mahalla faollari, fuqarolar ishtirok etdi. Tadbirda keyingi yillarda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlidagi islohatlar va erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z bordi.
Targ‘ibot tadbirida tuman va mahalla faollari, ustoz-murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirda faol bo‘lganlarga turli sovg‘alar, kitoblar topshirildi.