Shu kunlarda universitetimizning Marketing va rekruting bo'limi mas’ul xodimlari Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarida turli uchrashuvlar o‘tkazib, muloqotlar olib bormoqda. Bo‘lim xodimlarining navbatdagi uchrashuvi 23-yanvar kuni shahardagi 37-ingliz tiliga ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Asosan umumta’lim maktabining bitiruvchilari o‘tkazilgan muloqot davomida oliygohimiz faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Maktab o‘quvchilari ham universitetimiz to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega ekanligi xususida gapirib oliygohimizning xorijdagi qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik qilayotganligi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘rashdi. Ushbu savollarga ham batafsil javob berildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak joriy o‘quv yilida ushbu umumta’lim maktabini 187 nafar o‘quvchi bitirmoqda.