Joriy yilning 28-yanvar sanasida Xitoyning SHHT Iqtisodiyot va savdo akademiyasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 13 nafar xitoylik nomzodlar bilan tayanch doktoranturaga (PhD) o‘qishga kirish uchun suhbat jarayonlari tashkil etildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga tayanch doktoranturaga (PhD) 12 nafar xorijlik tadqiqotchilar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha o‘qishga qabul qilindi.
* 08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi
- 08.00.11-Marketing
- 08.00.13-Menejment
* 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida (tayanch doktorantura PhD) institutida falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun ta’lim olayotgan 1-bosqich tadqiqotchilarining 75% xorijlik ilmiy izlanuvchilar tashkil etmoqda.