Dushanba, 05 Fevral 2024 16:53

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘quvchilari Qora dengiz bo‘yi mehmonxonalarida amaliyot o‘taydi

Turizm ta’limida nazariya bilan amaliyotning o‘yg‘unlikda olib borilishi juda katta natijalar olib keladi. Bugungi kunda universitetimiz qoshidagi barcha texnikumlar o‘quvchilari yurtiimzdagi mexmonxonalarda, turistik hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalarida o‘z amaliyotlarini olib borishayapti.

Endilikda professional ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar nafaqat yurtimizda balki turizm sohasi rivojlangan davlatlarda ham amaliyot o‘tashi imkoniyatga ega bo‘lmoqda.

Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi hamda  Bolgariyaning SMART TOUR LTD kompaniyasi o‘rtasida Qora dengiz bo‘yi mehmonxonalarida texnikum o‘quvchilarini ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyorlarini o‘tashlari  va malakalarini oshirishlari bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzildi.

O'qilgan 109 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar