Chorshanba, 07 Fevral 2024 11:43

Universitetimiz Bolgariyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi

Joriy yilning 06-fevral kuni Bolgariyaning Sofia shahridagi Milliy va Jahon Iqtisodiyoti Universiteti (UNWE) rektori Dimitr Dimitrov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari universitetimizga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlar va univesitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori prof. J.Hoffman va Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori prof. T.Zou o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga universitetda yaratilgan sharoitlar, xorijiy standartlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi xususida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zaro muloqot davomida Bolgariyaning Sofia shahridagi Milliy va Jahon Iqtisodiyoti Universiteti (UNWE) rektori Dimitr Dimitrovga universitetimizning doktorantura bosqichida tahsil olishni istagan taqdiqotchilar uchun amalga oshirilayotgan loyihalarda hamkorlik o‘rnatish taklifi bildirildi va ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun: Sofia shahridagi Milliy va Jahon Iqtisodiyoti Universiteti (UNWE) Bolgariya va Janubi-Sharqiy Yevropadagi eng yirik oliy iqtisodiyot ta’lim muassasasi hisoblanadi va 100 yillik tarixga ega. Universitetda 43 ta bakalavr darajasidagi mutaxassisliklar va 108 magistratura mutaxassisliklari mavjud. Jami talabalar soni 21000 nafardan ziyod. 

Uchrashuv yakunida mehmonlar Turizm Akademiyasiga ham tashrif buyurishdi va ushbu yirik loyiha turizm sohasida mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida aytildi.

O'qilgan 103 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar