Joriy yilning 7 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” oldidan “XXI-asr ilm-vani va ta’lim sohasida ayollar; yutuq va muammolar” mavzuida uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda universitetimizda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlardan iborat professor-o‘qituvchilar, bo‘lim boshliqlari va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etdi.
Dastlab uchrashuvda so‘z olgan universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova keyingi yillarda xotin-qizlarning jamiyatning barcha jabhalari qatori ilm-fan yo‘nalishida ham faol ekanligi, bu borada oliygohimizdagi barcha ayollar ham boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotganligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng tadbirda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshligi
N. Abduvohidova so‘z olib universitetda ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida amalga oshirilgan ishlar xususida gapirdi. Ta’kidlandiki, o‘tgan yilda universittetimiz bo‘yicha 20 nafarga xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bundan tashqari ko‘plab talabalar qizlarning ijara xonadonlariga, yashash uylariga tashrif buyurildi. Shuningdek tadbirda universitet Madaniy meros kafedrasi mudiri M. Xaqberidieva xotin-qizlarning ilm-fan yo‘nalishidagi faoliyati xususida, universitet psixilogi D.Turdieva ayrim talaba-qizlar bilan yaqindan suhbat qilish va ularga psixologik yordam ko‘rsatish kabi mavzular yuzasidan o‘z-fikrlarini bildirdi.
Qizg‘in davra suhbati tarzida o‘tgan tadbirda universitet xotin-qizlar qo‘mitasi oliygohimizning barcha ilm-fan yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va buning uchun bor kuch, g‘ayratini ishga solishi xususida gapirdi.