Payshanba, 08 Fevral 2024 10:03

O‘quvchi yoshlar o‘z sohasi bo‘yicha sahna ko‘rinishlari tayyorlashdi

Xorazm viloyatidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumida    “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi talabalari tomonidan, mehmonxonadagi muammoli vaziyatlarni qanday hal qilish bo‘yicha sahna ko‘rinishlari tayyorlab namoyish qilishdi. Ma’lumki, o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikmasini oshirishda bu kabi teatrlashtirilgan tomoshalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois o‘quvchi yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish qilishda bu kabi samarali usullardan foydalanib kelishayapti.

Sahna ko‘rinishlarida mehmonxonalarda ko‘p uchraydigan muammoli vaziyatlar bilan birgalikda ularni qanday oqilona xal qilish bo‘yicha ham, talabalar tomonidan juda chiroyli tarzda ko‘rsatib berildi.

O'qilgan 169 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar