Bugun 9-fevral ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi 1441-yil Hirot shahrida tavallud topgan bobokalonimiz tavalludining 583 yilligi keng nishonlanmoqda.
Bugun ertalabdan Samarqand viloyati jamoatchiligi xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida o‘rnatilgan Navoiy bobomizga haykali poyiga gulchambar qo‘yilib hurmat, ehtirom ko‘rsatildi.
Tadbirda Hazrat Navoiy asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangani qayd etildi. Turli tillarda g‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Musiqali drama teatr san’atkorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.