Viloyat “Zarafshon” gazetasining 8-fevral sonida universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarovning “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim sohasida erishilgan muvaffaqiyatlari xususidagi maqola e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston-2030 strategiyasida belgilab berilgan vazifalar va ularning ijrosi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti milliy sertifikatga ega bo‘lganligi va endigi vazifa kelgusida xalqaro attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tgan holda dunyodagi Top mingtalik universitetlar qatoriga kirishdan iborat ekanligi xususida aytilgan.
Shuningdek maqolada Prezident qarori bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “O‘zbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari faoliyatini tashkil etish belgilanganligi xususida ham so‘z borgan.
Ushbu barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilariga ushbu maqolani o‘qishini tavsiya qilamiz.