“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tong Qian Zou tashabbusi bilan 2024-yil 8-fevral kuni universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari uchun seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda mehmon sifatida Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Rajabboyevich Qobilov o‘zining ma’ruzasi bilan qatnashdi. Seminarda “Samarqand viloyatida turizm strategiyasini ishlab chiqish” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi.