Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi turizm va xizmat kòrsatish sohalarida xalqaro standartlariga mos, malakali kadrlar yetishtirishni òz oldiga maqsad qilib qo'ygan. Shu maqsadda ta'lim jarayonlar mobaynida doimiy tarzda joylarda turli mahorat darslari, òquv amaliyotlari tashkil qilinib talabalarning bilim va kònikmalari oshirib borilmoqda.
Jоriy yilning 9-fevral kuni Buxoro shahar "Ishga Marhamat" monomarkazi bilan hamkorlikda "Restoran zalida xizmat kòrsatish" mavzusida texnikum òquv ustaxonasida talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida ushbu sohada kòp yillik tajribaga ega mutaxassis G.Rahimova tomonidan restoran zalida xizmat ko'rsatishning qoidalari, mijozlarga xizmat ko'rsatish va muloqot qilish, dasturxon tuzash jarayonlari mukammal tarzda kòrsatib òtildi.