Chorshanba, 14 Fevral 2024 12:42

Universitetimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida tadbir o‘tqazildi

Universitetimizda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida tadbir o‘tqazildi Joriy yilning 14-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetimiz talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda tyuterlar ishtirok etishdi. Dastlab tadbirda so‘z olgan Ichki Ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ahmadjon Matlyubov bugungi kunda giyohvandlik va psixotrop moddalarning yoshlar o‘rtasida tarqalishini oldini olish maqsadida Samarqanddagi oliy ta’lim muasassalarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib kelinayotganligi, har bir yosh bu zaxri qotildan ehtiyot bo‘lishi lozimligi xususida gapirdi. Shundan so‘ng vazirlik mas’ul xodimi giyohvandlik bilan bog‘lik bo‘lgan turli voqealar, yoshlarning bilib, bilmay qo‘shilib qolish holatlari yuz berayotganligi xususida ma’lumot berdi. Shuningdek tadbirda viloyat Narkologiya dispanseri bosh shifokori tomonidan bugungi kunda shifoxonaga murojaat qilayotganlar orasida turli yoshdagi insonlar borligi, ushbu illat domiga tushib qolganlar bir umrlik kasallikka duch bo‘lishi mumkinligi xususida gapirdi. Uchrashuv so‘nggida talabalarga giyohvandlikning salbiy ta’siri va ushbu zaxar bilan savdo qilayotganlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatli film namoyish qilindi.

O'qilgan 158 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar