Chorshanba, 14 Fevral 2024 12:55

Universitetimizda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun keng nishonlandi

14-fevral buyuk ajdodimiz mohir sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. Bugun shu munosabat bilan universitetimiz faollar zalida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etgan tadbirda dastlab oliygoh Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i va xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova Zahiriddin Bobur hayoti va faoliyati haqila batafsil ma’lumot berdi. Shundan so‘ng xotin-qizlar kengashi qoshidagi Qizlarjon klubining faol a’zolari tomonidan shoh va shoir haqida savol-javoblardan iborat viktorina o‘tkazildi. Talabalar ham faollik bilan savollarga javob berishdi va Boburning g‘azallaridan namunalar o‘qib berishdi.

Ma’lumki, temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Bobur otasidan so‘ng 12 yoshida toju taxt egasiga aylanadi. Bir muncha qiyinchiliklar va temuriylar o‘rtasidagi taxt talashish kabi voqeliklardan so‘ng kam sonli askari bilan hozirgi Afg‘oniston orqali o‘tib Hindistonni zabt etadi va kuchli davlat barpo etadi.

O'qilgan 204 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar