×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Juma, 16 Fevral 2024 13:37

Universitetimiz talabalari uchun yana bir qulaylik yaratildi

Universitetimiz talabalari uchun yana bir qulaylik yaratildiMuxtaram Prezidentimizning 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ilovasida, 2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha tuzilgan “YO‘L XARITASI”iga asosan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxona qurilib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan edi.     

O‘tgan yil davomida qurilish ishlari boshlangan bo‘lib yotqoxona binosi olti oy muddat ichida qurilib foydalanishga topshirildi. Yotoqxonaning ochilish marosimida universitetimiz rektori A.Abduxakimov ishtirok etdi. Dastlab universitetimiz rektori Samarqand shahrida va Turizm va madaniy meros texnikumida qurilishi rejalashtirilayotgan turistik loyihalar bilan yaqindan tanishdi va o‘zining zarur tavsiyalarini berdi. Shundan so‘ng rektorimiz va boshqa rasmiylar ishtirokida yotoqxona binosini ochish uchun ramziy lenta kesilib talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi. Barcha zarur sharoitlarga ega yotoqxona binosi besh qavatdan iborat bo‘lib to‘rt yuz o‘ringa mo‘ljallangan. Har bir xona to‘rt kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, dam olish, yuvinish, dars tayyorlash, ovqat pishirish kabi sharoitlar yaratib berilgan. Shuningdek yotoqxonada xorijiy va mahalliy talabalar uchun sport to‘garaklari, kutubxona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilib bino atrofida bog‘ barpo qilingan.  

     - Menga ushbu universitetimiz yotoqxonasi juda yoqdi. Talaba uchun barcha zarur jihozlar bor. Dars tayyorlash, dam olish, sport bilan shug‘ullanish, sayr qilish bularning barchasi biz uchun ekanligi meni xursand qildi,-deydi indonesialik talaba Cahaya Trinala Kinanti. 

Shuningdek yotoqxonada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun doimiy ravishda turli tadbirlar o‘tkazilish bilan birga, kasbiy to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.  

O'qilgan 594 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2204{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar