Universitetimizning Marketing va rekruting bo'limi mas'ul xodimlari Samarqanddagi barcha umumta’lim maktablarida turli uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelishayapti. Ushbu tadbirlarda bo‘lim xodimlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining buguni va ertasi xususida gapirib berishdi. Samarqand shahridagi 2-son ixtisoslashgan umumiy o'rta ta'lim maktabi maktabining bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida oliygohimiz faoliyati, unda yaratilgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi. Maktab o‘quvchilari ham universitetimiz to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlarga ega ekanligi xususida gapirib oliygohimizning xorijdagi qaysi nufuzli oliy ta’lim muasassalari bilan hamkorlik qilayotganligi, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘rashdi va savollarga batafsil javob olishdi.