Juma, 23 Fevral 2024 16:13

“Zakovat” intellektual o‘yinida universitetimiz jamoasi munosib ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi dasturining 8-bandida yosh xodimlar va talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazish topshirig‘i berilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 23-fevral kuni Samarqand shahridagi “Movenpik” mehmonxonasida viloyatdagi barcha turizm sohasida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar hamda shu sohada ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida turizm yo‘nalishida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 12 ta jamoa ishtirok etgan intellektual o‘yinda turizm sohasida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq hamda fan, ta’lim yo‘nalishidagi savollarga ham javob berildi. Ahamiyatlisi, ushbu bilimlar bellashuvida universitetimizning iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Ipak yo‘li” jamoasining faolligi va bilimga  chanqoqligi ajralib turdi va umumiy  natijalarga ko‘ra, uchinchi o‘ringa munosib deb topildi.   

Universitetimiz jamoasi zakovatchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan chin yurakdan qutlaydi.  

O'qilgan 172 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar