Tarixdan ma’lumki, Xitoy davlatida Xitoy an’anaviy “Fonuslar bayrami” festivali nishonlanib kelinadi. Xitoy xalqining urf-odatlari va qadriyatlarini o‘rganish va hurmat nuqtai nazaridan joriy yilning 24-fevral kuni universitetimiz konferensiya zalida xitoy tilini o‘rganayotgan bir guruh talabalar, Samarqand davlat chet tillar institutining Konfutsiy instituti hamda “Istiqbolli ta’lim” maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Bahor bayrami muborak" fonuslar bayrami bazmi o’tkazildi. Tadbir davomida turli chiqishlar tadbir qatnashchilarida katta qiziqish o‘yg‘otdi.