Dushanba, 04 Mart 2024 14:38

Toshkentda o‘tkazilgan biznes forumda universitetimiz vakillari faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 29-fevralidan 1-martiga qadar universitetimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inter Continental mehmonxonasida bo'lib o'tgan “Hotel Business Forum”ida ishtirok etishdi. Biznes dasturining ikki kuni soha mutaxassislari, tarmoq qo'mitalari va vazirliklar vakillari, investorlar, xorijiy hamkorlarning taqdimotlari, muhokamalari va fikr almashishlari bilan o‘tdi.

Shuningdek forum doirasida mehmondo'stlik sohasida ta'lim bo'yicha yig'ilish o‘tkazildi va unda tomonlar yangi ta'lim dasturlari va amaliyotga yo'naltirilgan modullarni yanada rivojlantirish bo'yicha umumiy fikrga kelishdi.

O'qilgan 96 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar