×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 04 Mart 2024 16:21

Bangladesh Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

4-mart kuni Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam janoblarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘ldi. Mehmonni universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou kutib oldi. Dastlab mehmon bilan o‘zaro hamkorlik yuzasidan muloqot o‘tkazildi. Muloqotda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Shundan so‘ng Bangladeshning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr.Mohammad Monirul Islam oliygohimizning ilmiy va badiiy adabiyotlarga boy bo‘lgan kutubxonasida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi va universitetning faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shuningdek mehmon universitetdagi rasmlar ko‘rgazmasi va milliy liboslar galeriyasi bilan yaqindan tanishdi.   

O'qilgan 342 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2232{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar