Dushanba, 04 Mart 2024 16:51

Buxoro viloyat turizm boshqarmasi bosh mutaxassisi Buxoro turizmini rivojlantirishning muvaffaqiyatli tajribasi bilan o'rtoqlashdi

29-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi bosh mutaxassisi Lazizbek Muxtorov onlayn tarzda ma'ruza qildi. Seminarni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib bordi, seminarda 30 dan ortiq magistr, doktorantlar va o'qituvchilar ishtirok etishdi.

Ushbu taqdimotda janob Lazizbek Muxtorov Buxoroda turizmni rivojlantirishni "Eski shahar uchun yagona sayyohlik zonasi" konsepsiyasi-Buxoro turizmidagi keskin o'zgarishlar mavzusi bilan tanishtirdi.

 Lazizbek Muxtorovning tahlillarga boy bo‘lgan taqdimoti seminar ishtirokchilarida juda katta taassurot qoldirdi. Ishtirokchilar seminar mavzusi yuzasidan Lazizbek Muxtorovga savollar bilan murojaat qilishdi.  Universitetimiz prorektori, prof. Toni Zou va ma’ruzachi Lazizbek Muxtorov  tarixiy shaharlarda turizmni yanada rivojlantirish masalasida fikr almashdi.

O'qilgan 118 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar